
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2-iyundagi PF-91-sonli Farmoni bilan aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarning daromadlarini izchil ko‘paytirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
Davlat budjeti tashkilotlari xodimlarining ish haqi 10%ga oshiriladi;
Shuningdek 2025-yil 1-avgustdan:
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 412 000 so‘m etib belgilanadi.