Skip to content

Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi

  • Biz haqimizda
    • Raxbariyat
    • Maktab jamoasi
    • Maktab nizomi
  • O’qituvchilarga
    • Jamoa shartnomasi
    • Ichki tartib qoidalar
  • O’quvchilarga
    • Ichki tartib intizom qoidalari
  • Ota-onalarga
    • Ota-onalarning javobgarligi
  • Matbuot xizmati
    • Tayanch oʻquv reja
    • Ustama. VMning 823-sonli qarori
    • Kerakli hujjatlar
  • Normativ hujjatlar
    • Mehnatni muhofaza qilish
    • Ta’lim to’g’risidagi qonun
    • Davlat ta’lim standartlari
  • Toggle search form
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun» Uncategorized
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi” Uncategorized
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI Uncategorized
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi Uncategorized
  • O‘zbekiston masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yadi Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized

Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboevning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI

Posted on 25 июля, 202525 июля, 2025 By admin Комментариев к записи Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboevning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI нет

Hurmatli tumanimiz aholisi!

Tumanda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 6 oyi davomida Parkent tumani hududida jami 32 ta (2024 yil shu davrida 22 ta) yo‘l transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, shundan 6 tasi vafot etish bilan hamda 1 tasi odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini tashkil qiladi.

Ushbu yo‘l transport hodisalari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 taga, ya’ni 45,5 foizga oshgan. Ulardan odam o‘limi bilan bog‘liq 6 ta holat qayd etilib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 1 taga, ya’ni 20 foizga oshib ketgan.

Tan jarohati olganlar soni 26 nafar, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 taga yoki 52,9 foizga ko‘paygan.

Yo‘l-transport hodisalarini kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, mast holatda avtomashinani boshqarish bilan bog‘liq 2 ta, avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish 6 ta, tezlikni oshirish 7 ta, quvib o‘tish qoidalarini buzish 2 ta, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish 1 ta, boshqa holatlar 14 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 6 oyi davomida Parkent tumani hududida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari mahallalari kesimida tahlil qilinganda, Chinorli hududida 1 ta, Bo‘ston 3 ta, Hurriyat 1 ta, Navbahor 1 ta, Kichikqo‘rg‘on 1 ta, Qo‘rg‘ontepa 1 ta, Buloqboshi 1 ta, Istiqbol 3 ta, Surxi 5 ta, Qo‘rg‘on 1 ta, Objuvoz 3 ta, Qayilma 3 ta, Davlatobod 1 ta, Quruqsoy  1 ta, Obod 1 ta, Yangiobod 1 ta, Bog‘bon 1 ta, Nurobod 1 ta, Qo‘lichi 1 ta, Gulbog‘ 1 tani tashkil etdi.

Tahlil qilinayotgan davrda yo‘l transport hodisalarining 15 tasi Parkent tumanida yashovchi haydovchilar tomonidan hamda 17 tasi boshqa hududda yashovchi haydovchilar tomonidan sodir etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan 6 oyida tuman IIB YXHB xodimlari  tomonidan  jami 7 ming 53 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ulardan 1 ming 892 tasi qo‘pol qoidabuzarlik, jumladan, 57 ta  transport vositasini mast holda boshqarish, 11 ta IIB xodimining qonuniy talabini bajarmaslik, 1 ming 36 ta chorrahada harakatlanish qoidasini buzish va svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanish, 5 ta quvib o‘tish, 82 ta  odam tashish, 11 ta uyali qo‘l telefonidan foydalanish, 186 ta piyodalar o‘tish joyidan yurish, 2 ming 406 ta xavfsizlik kamari, 520 ta piyodalar qoidabuzarligi va 577 ta boshqa  qoidabuzarlik  aniqlangan.

Qadrli fuqarolar!

Mazkur raqamlardan tumanimizda yo‘l harakati bilan bog‘liq vaziyat tashvishli ekanligini tushunish qiyin emas.

Shu bois, tuman prokurori sifatida haydovchilarimiz hamda fuqarolarimizdan quyidagilarga amal qilishlarini so‘rayman.

– “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari”ga to‘liq rioya etish;

– svetofor, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga rioya etish;

– tezlikni nazorat qilish, belgilangan tezlikdan oshmaslik, ayniqsa aholi punktlarida va yo‘l burchaklarida;

– haydashda diqqatli bo‘lish, telefonda gaplashmaslik, xavotir va charchoq holatida haydamaslik;

– harakatlanganda oldindagi transportga nisbatan masofani saqlab harakatlanish;

– har doim ob-havo sharoitiga mos harakat qilish (yomg‘ir, qor, tuman va h.k.);

– transport vositasini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazish (tormoz, chiroqlari, shinalari va h.k.);

– haydovchilik madaniyatiga rioya etish;

– piyodalar faqat belgilangan joylardan o‘tishi;

– piyodalar yo‘lni kesib o‘tayotganda ikki tomonga qarashi;

– quloqdagi quloqchin va telefonni olib, keyin piyodalar yo‘lagidan o‘tish talab etiladi!

Zero, hayot va sog‘liq har kimning o‘ziga berilgan buyuk ne’matligini, bu uchun avvalo o‘zingiz mas’ul ekanligingizni unutmang!

Uncategorized

Навигация по записям

Previous Post: Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi raxbar tayinlandi
Next Post: 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi

Related Posts

  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi raxbar tayinlandi Uncategorized
  • O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi Uncategorized
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim! Uncategorized

Добавить комментарий Отменить ответ

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

So'ngi xabarlar

  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim!
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

Oxirgi sharhlar

  1. Feruza Turopova к O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi
  2. A WordPress Commenter к O‘zbekiston masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yadi
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized
  • O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi Uncategorized
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim! Uncategorized
  • Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun» Uncategorized
  • Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin? Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
Arxiv
  • Ноябрь 2025
  • Октябрь 2025
  • Сентябрь 2025
  • Август 2025
  • Июль 2025
Июль 2025
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
    Авг »

Copyright © 2026 Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi .

Powered by PressBook News WordPress theme