Skip to content

Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi

  • Biz haqimizda
    • Raxbariyat
    • Maktab jamoasi
    • Maktab nizomi
  • O’qituvchilarga
    • Jamoa shartnomasi
    • Ichki tartib qoidalar
  • O’quvchilarga
    • Ichki tartib intizom qoidalari
  • Ota-onalarga
    • Ota-onalarning javobgarligi
  • Matbuot xizmati
    • Tayanch oʻquv reja
    • Ustama. VMning 823-sonli qarori
    • Kerakli hujjatlar
  • Normativ hujjatlar
    • Mehnatni muhofaza qilish
    • Ta’lim to’g’risidagi qonun
    • Davlat ta’lim standartlari
  • Toggle search form
  • Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboevning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI Uncategorized
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi Uncategorized
  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim! Uncategorized
  • Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin? Uncategorized
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi” Uncategorized
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi Uncategorized

Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun»

Posted on 14 июля, 202521 июля, 2025 By admin Комментариев к записи Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun» нет

Tan olaylik yoz faslini bolalar ko‘pincha bekor qoladi yoki ekran qarshisida o‘tkazadi: telefon, televizor, planshet… Bu texnikalar bola uchun vaqtinchalik mashg‘ulot, lekin kelajagiga xizmat qilmaydi. Ayniqsa ota-ona ishda bo‘lsa, farzand ko‘pincha o‘z holiga tashlab qo‘yiladi. Bunday holatda «Dolzarb 90 kun» loyihasi kabi tashabbuslar farzand taqdiri uchun qanday ahamiyatga ega?

Men Toshkent viloyati Parkent tumani, Qoraqalpoq qishlog‘i «Oqtepa» MFY hududidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan «Dolzarb 90 kun» yozgi oromgohini kuzatib, ushbu loyiha haqidagi fikrim tubdan o‘zgardi. Chunki ushbu tashabbus e’lon qilinganida juda ko‘pchilik «yozda yana maktabmi?», deya e’tiroz bildirishgandi-da.

Ta’tilda o‘rganish va o‘sish imkoni

Bu yerda bolalar kitob o‘qish, tasviriy san’at, sport o’yinlari, informatika , musiqa va ingliz tili kabi mashg‘ulotlarga jalb etilgan. Har bir mashg‘ulot bolaning qiziqishi, qobiliyati va temperamentiga mos holda tashkil etiladi.

Maktabning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Turopova Orzibi shunday deydi:

«Farzandingiz ta’tilda bekorchi yurmasin, uning vaqtini mazmunli o‘tkazish – maktab va ota-onaning umumiy vazifasi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni ijod, bilim, do‘stlik va mustaqil fikrlash sari yetaklaydi. Har bir bola – alohida dunyo. Ularga to‘g‘ri yondashish kerak. Qiyinchiliklar bo‘ldi, albatta. Lekin natijalar har qanday charchoqni unutadi. Masalan maktabda bolalar bilan birga bo‘lish mening vaqtimga ta’sir qilgani yo‘q. Chunki bu ixtiryoiy va qolaversa, ertalabdan kechgacha yurganimiz yo‘q bu yerda.

Loyiha doirasida elektron viktorinalar, STEM yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar, dizayn va shaxsiy tashabbuslarga asoslangan ijodiy mashg‘ulotlar bolalarda qiziqish uyg‘otmoqda. Bolalar nafaqat bilim olayapti, balki o‘z qobiliyatini kashf qilmoqda, do‘st orttirayapti, sahnaga chiqishga, fikr bildirishga, erkin mulohaza qilishga odatlana boshlayapti.»

Qishloq maktabi ham imkoniyatlar makoni

Qishloqdagi maktablar haqida umumiy tasavvurimiz bor, ya’ni sharoitsiz, sport zallarisiz to‘kilib tushay degan holatdagi. Ammo 26 -umumiy o‘rta ta’lim maktabi barcha zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Eng muhimi, bu yerda sadoqatli ustozlar bor. Ular bolalarning qobiliyatiga ishonadi, vaqtni ayamaydi, shijoat bilan ishlaydi.

Maktabda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bolalarning nafaqat bilim olishi, balki inson sifatida shakllanishini ham ta’minlayapti. Ular hamjihatlik, tabiatga e’tibor, o‘zaro hurmat, do‘stona muhit kabi muhim qadriyatlarni amalda o‘rganmoqda.

 90 kun unutilmas bolalik taqdim qilish imkoniyati

Loyihaga jalb etilgan bolalarning ota-onasi bilan bo‘lishgan his-tuyg‘ulari loyiha qanchalik zarur ekanini isbotlaydi. Ana, Zarifjon sport mashg‘ulotlarida bugungi natijalaridan mamnun. Parizoda raqobatlashishdan oldin «raqibi»ni o‘rganayapti. Aziza esa birinchi marta o‘z qo‘li bilan pishirgan shirinligini onasi bilan baham ko‘rmoqchi…

«Dolzarb 90 kun» – bu shunchaki maktabda o‘tayotgan oddiy vaqt emas. Bu bolaning hayotidagi ehtimol eng mazmunli, eng ta’sirli 90 kun bo‘lishi mumkin. Ehtimol yillar o‘tib shu bolajonlar yoshligini eslaganda, mana shu kunlarni ham yorug‘ xotira bilan qo‘msar

– «eslaysanmi, maktabimizda dolzarb 90 kun bo‘lardi: mazza qilib pishiriq pishirishni o‘rganardik», «esingdami Kamolga yutqazib qo‘yib yig‘laganing», «sen-chi sen yaxshi ko‘rgan kitobingni kimga bermaningni eslolmay ancha paytgacha izlaganding», «ayniqsa mashg‘ulotlar tugagach ustozimiz bilan muzqaymoq yeganlarimiz-chi, eh o‘sha kunlar, qaniydi qaytib kelsa…»

Ehtimol, bugungi kun lahzalari, bugungi o‘tkazilgan foydali va mazmunli vaqt kelajak uchun qo‘yiladigan tamal toshidir…

                                      Zebo Xolova

Uncategorized

Навигация по записям

Previous Post: Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida
Next Post: Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi

Related Posts

  • Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi Uncategorized
  • Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi raxbar tayinlandi Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI Uncategorized
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized

Добавить комментарий Отменить ответ

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

So'ngi xabarlar

  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim!
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

Oxirgi sharhlar

  1. Feruza Turopova к O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi
  2. A WordPress Commenter к O‘zbekiston masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yadi
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboevning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI Uncategorized
  • Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi raxbar tayinlandi Uncategorized
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi” Uncategorized
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi Uncategorized
Arxiv
  • Ноябрь 2025
  • Октябрь 2025
  • Сентябрь 2025
  • Август 2025
  • Июль 2025
Июль 2025
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
    Авг »

Copyright © 2026 Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi .

Powered by PressBook News WordPress theme