
19 iyul 2025 yil Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekovlar ishtirok etdi.
➡️Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Burxonov Shukur Burxanovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
🔰Shukur Burxonov 1968-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
➡️Tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati