Skip to content

Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi

  • Biz haqimizda
    • Raxbariyat
    • Maktab jamoasi
    • Maktab nizomi
  • O’qituvchilarga
    • Jamoa shartnomasi
    • Ichki tartib qoidalar
  • O’quvchilarga
    • Ichki tartib intizom qoidalari
  • Ota-onalarga
    • Ota-onalarning javobgarligi
  • Matbuot xizmati
    • Tayanch oʻquv reja
    • Ustama. VMning 823-sonli qarori
    • Kerakli hujjatlar
  • Normativ hujjatlar
    • Mehnatni muhofaza qilish
    • Ta’lim to’g’risidagi qonun
    • Davlat ta’lim standartlari
  • Toggle search form
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi Uncategorized
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi” Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi Uncategorized
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized

Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI

Posted on 19 октября, 2025 By admin Комментариев к записи Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI нет

Hurmatli tumanimiz aholisi, qadrli pedagoglar, aziz ota-onalar!

Barchamizga maʼlumki, erta nikoh va erta tugʼruq jamiyat hayotining eng ogʼriqli muammolaridan biri hisoblanadi. Erta turmush qurish oila mustahkamligiga salbiy taʼsir koʼrsatib, bir qator yana boshqa muammolarni ham paydo qiladi. Shu bois, bugungi kunning eng oʼtkir muammosi boʼlib qolayotgan erta turmush va erta tugʼruqni oldini olishda quyidagilarga eʼtibor berish maqsadida murojaat qilmoqchiman!

Eng avvalo, tumanimizdagi barcha maktablarning maʼmuriyati tomonidan oʼquvchilarga reproduktiv salomatlik, jinsiy tarbiya, oila madaniyati boʼyicha toʼgʼri, yoshga mos va ilmiy asoslangan maʼlumotlar berilishi kerak.  Bunda, biologiya, gigiena va tarbiya darslarida sogʼlom turmush tarzi haqida qoʼshimcha maʼruzalar oʼtkazish lozim.

Shuningdek, homiladorlik, jismoniy va ruhiy salomatlik, jinsiy tarbiya mavzularini yoshlarga tushunarli va ochiq yoʼl bilan yetkazish kerak.

“Sogʼlom qiz – sogʼlom jamiyat”, “Erta nikohning oqibatlari” mavzusida davra suhbatlari va treninglarni  shifokorlar va psixologlar ishtirokida tashkil etish oʼz samarasini beradi.

Oʼquvchilarga “yoʼq” deyishni oʼrganish, oʼz tanasini hurmat qilish, oʼz chegaralarini bilish, bosim va manipulyatsiyalarga qarshi turish kabi   hayotiy koʼnikmalarni oʼrgatish muhimdir.

Erta nikoh va erta turmushni oldini olish uchun barcha umumtaʼlim maktablarida ota-onalar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratish shart. Chunki, koʼplab erta tugʼruq holatlari ota-ona bilan ishonchli suhbat yoʼqligidan kelib chiqadi. Ota-onalar farzandlariga  bu mavzularda toʼgʼri, sodda qilib tushuntirib berishi, savollaridan qochmasligi kerak.

Ota-onalar bilan hamkorlikda ularga oilada mehr va hurmat muhitini yaratish orqali oʼsmirning emotsional barqarorligini mustahkamlash zaruratini tushuntirish talab etiladi.

Shu bilan birgalikda ota-onalar uchun psixologik treninglar va maslahatlar oʼtkazishda farzandiga “oila bu masʼuliyat” degan qadriyatni erta yoshdan singdirishi ahamiyatini hayotiy misollar yordamida ochib berish kerak.

Erta nikoh va erta turmushni oldini olish maqsadida maktablarga psixolog va maslahatchilarni jalb qilish talab etiladi. Negaki, koʼp hollarda oʼsmir qizlar erta romantik munosabatlarga oʼzini qadrsiz his qilganidan, eʼtibor izlaganidan kirishadi. Shuning uchun oʼquvchilarda oʼzini qadrlashni oshirish boʼyicha mashgʼulotlar oʼtkazish kerak boʼladi.

Oʼsmirlar hissiyotlarini toʼgʼri ifoda etish, hissiy intellektni rivojlantirish, stressni boshqarish, oʼz fikrini ifoda etish koʼnikmalarini oʼrganishlari zarur. Bu ularni hissiy  impulьsiv xatolardan saqlaydi.

Eng asosiysi, qiz va oʼgʼil bolalar oʼrtasida sogʼlom muloqot madaniyatini oʼrgatishga barcha maktab pedagoglari masʼuliyatni chuqur anglashi kerak.

Yana bir muhim jihat! Аyni paytda yoshlar internetdan foydalanayotganligini hisobga olgan holda ularga axborotni tanlash madaniyatini oʼrgatish juda muhim.

Maktablarda tibbiy xodimlar ishtirokida sogʼlom turmush tarzi boʼyicha maʼruzalar oʼtkazishni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri boʼlib qolmoqda.

Shuningdek, maktablarda masʼul xodimlar faol boʼlib, oʼtkazilayotgan tibbiy koʼriklarning sifatini oshirib borish va muammo paydo boʼlganda tibbiy yordam olishni har tomonlama nazorat qilish zarur.

Qolaversa, maktab maʼmuriyati erta nikoh va erta tugʼruq holatlarining salbiy jihatlarini aks ettiruvchi video roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritishni muntazam yoʼlga qoʼyishi kutilgan natijani berishi shubhasiz.

Qadrli tumandoshlar!

Har birimiz farzandlarimizning baxtu saodatli boʼlishini istaymiz. Mana shu orzu-istaklarimizga erta nikoh, erta tugʼruq muammosi eng katta toʼsiq hisoblanadi.

Keling, azizlar, bu oʼta jiddiy masalaga masʼuliyat bilan yondashaylik. Toki, bu illat jondan aziz farzandlarimiz hayotiga, baxtiga soya solmasin!

Uncategorized

Навигация по записям

Previous Post: Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Next Post: ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim!

Related Posts

  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun» Uncategorized
  • Parkent tuman prokurori Jasurbek Hayitboevning yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI Uncategorized
  • O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi Uncategorized
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized

Добавить комментарий Отменить ответ

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

So'ngi xabarlar

  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim!
  • Parkent tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Javlon Yusupovning erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
  • Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

Oxirgi sharhlar

  1. Feruza Turopova к O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi
  2. A WordPress Commenter к O‘zbekiston masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yadi
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized
  • Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun’iy intellektdan «adolatli foydalanish» konsepsiyasi mavjud… yoxud SI va ko‘chirmakashlik xususida Uncategorized
  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim! Uncategorized
  • Bolalik xotirasiga aylanadigan mazmunli ta’til: «Dolzarb 90 kun» Uncategorized
  • O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi Uncategorized
  • Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi Uncategorized
Arxiv
  • Ноябрь 2025
  • Октябрь 2025
  • Сентябрь 2025
  • Август 2025
  • Июль 2025
Октябрь 2025
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
« Сен   Ноя »

Copyright © 2026 Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi .

Powered by PressBook News WordPress theme