Skip to content

Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi

  • Biz haqimizda
    • Raxbariyat
    • Maktab jamoasi
    • Maktab nizomi
  • O’qituvchilarga
    • Jamoa shartnomasi
    • Ichki tartib qoidalar
  • O’quvchilarga
    • Ichki tartib intizom qoidalari
  • Ota-onalarga
    • Ota-onalarning javobgarligi
  • Matbuot xizmati
    • Tayanch oʻquv reja
    • Ustama. VMning 823-sonli qarori
    • Kerakli hujjatlar
  • Normativ hujjatlar
    • Mehnatni muhofaza qilish
    • Ta’lim to’g’risidagi qonun
    • Davlat ta’lim standartlari
  • Toggle search form

Ustama. VMning 823-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Q A R O R I

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh., 2019-yil 30-sentabr, 823-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga
1-ILOVA

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.

2. Jamg‘arma umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb ataladi) tashkil etiladi.

2-bob. Jamg‘armani tashkil etishning maqsad va vazifalari

3. Jamg‘arma umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.

4. Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

3-bob. Jamg‘armani shakllantirish tartibi

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.

6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinganidan so‘ng umumta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yetkaziladi.

Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori Respublikaning barcha umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi.

7. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ustamalar hamda boshqa turdagi rag‘batlantirish bilan bog‘liq to‘lovlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan xodimlarga ish haqi to‘lash uchun mablag‘larni moliyalashtirish bilan bir vaqtda moliyalashtiradi.

8. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tayinlangan ustamalar, moddiy yordam va mukofotlar summasi umumta’lim muassasasining mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi. Jamg‘arma hisobidan olingan daromadlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.

4-bob. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berishni tashkil etish

9. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

10. Ishchi guruh umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:

Ishchi guruhi rahbari — umumta’lim muassasasi direktori;

Ishchi guruh a’zolari — o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning ota-onalaridan vakillar.

Umumta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Ishchi guruhning mas’ul kotibi hisoblanadi.

Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ushbu ishchi guruh tarkibi har o‘quv yili boshlangunga qadar umumta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili o‘zgartirib borilishi shart.

11. Ishchi guruh:

Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishini rejalashtiradi va nazorat qiladi;

o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarini ularning faoliyatini ushbu Nizomga 1-ilovadagi baholash mezonlari asosida aniqlaydi, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilaydi, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlaydi hamda ularga moddiy yordam belgilaydi;

pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash va moddiy yordam berishda adolat va xolislik prinsiplariga amal qiladi.

12. Ishchi guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishini rejalashtirish va nazorat qilish bo‘yicha:

bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi;

har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi;

o‘quv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha ushbu Nizomga 2, 2a, 2b-ilovalar bilan tasdiqlangan shakllar asosida tizimli ichki monitoring yuritadi;

umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, zarur hollarda, ustamalar miqdoriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, qabul qilingan qaror haqida pedagogik kengashda axborot beradi;

b) o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarini ularning faoliyatini baholash mezonlari asosida aniqlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash hamda ularga moddiy yordam belgilash bo‘yicha:

umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;

yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi majlisida Jamg‘arma hisobidan tegishli pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan axborot beradi;

umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilaydi;

v) pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berishda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilish bo‘yicha:

o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berayotgan o‘quvchilarining bilimi, malakasi va ko‘nikmalarining muayyan sinf va o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini sinf jurnalidagi qaydlar orqali tahlil qiladi;

mukofotlanadigan va moddiy yordam ko‘rsatiladigan xodimlarni, shuningdek, rag‘batlantirish miqdorini aniqlaydi.

13. Ishchi guruhning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari bir yilda kamida bir marta, istisno hollarda zaruratga ko‘ra, o‘tkaziladi.

Zarur hollarda, ishchi guruh raisining tashabbusi yoki ishchi guruh a’zolaridan kamida ikki nafarining taklifiga ko‘ra xodimlarni mukofotlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama haqlarni qayta ko‘rib chiqish hamda xodimning murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining tashabbusi bilan moddiy yordam berish haqidagi masalada ishchi guruhning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.

Pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlariga mukofotlar berish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishchi guruh majlisi qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

14. Ishchi guruh majlisini o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar ishchi guruh mas’ul kotibi tomonidan tayyorlanadi hamda majlisga uch kun muddat qolganda ishchi guruh rahbar va a’zolariga taqdim etiladi.

Ishchi guruh mas’ul kotibi hujjatlarning yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi.

15. Ishchi guruh majlislari ishchi guruh a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmasi va umumta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va o‘quvchilar ota-onalari vakillarining ishtiroki majburiy hisoblanadi.

Ishchi guruh qarori ishchi guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovoz berishi yo‘li bilan qabul qilinadi. Ishchi guruh rahbari barcha a’zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda, ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Ishchi guruh a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, uni mukofotlash yoki unga moddiy yordam belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ishchi guruhning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida ishchi guruh majlisi bayonnomasida qayd etiladi.

16. Ishchi guruhning qarori majlisda ishtirok etgan uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda umumta’lim muassasasining muhri qo‘yiladi.

Ishchi guruh bayonnomalarini rasmiylashtirish uchun alohida umumiy daftar yuritiladi, daftar yuqori tashkilot tomonidan tikiladi va ushbu tashkilot rahbari tomonidan sahifalanib imzolanadi.

Ishchi guruh majlisining bayonnomasi maxsus daftarga qayd etiladi va undan ko‘chirma yuqori turuvchi organga yuboriladi.

Umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatishning to‘g‘ri, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun javobgarlik Ishchi guruh rahbari zimmasiga yuklatiladi.

17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam berish to‘g‘risida Ishchi guruhning qarori asosida umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i chiqariladi.

18. Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.

5-bob. Ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etish

19. Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash uchun Ishchi guruh mas’ul kotibi tomonidan ustama haq olishga da’vogar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining arizalariga muvofiq ular haqida umumiy va faoliyati mazkur Nizom bilan tasdiqlangan mezonlar asosida baholangan tahliliy ma’lumotlar ushbu Nizomga 2 va 2a va 2b-ilovalardagi jadvallar shaklida Ishchi guruhga taqdim qilinadi.

6-bob. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash

20. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

21. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;

71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz;

76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;

81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;

86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;

91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;

96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

22. Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz;

76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz;

86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz;

Umumta’lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

23. Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz;

76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz;

86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz;

Umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

24. Umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’iy nazar, mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida baholanadi va ko‘rsatkichlariga ko‘ra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

241. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumta’lim muassasasining direktor jamg‘armasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanadi.

Mazkur ustamalar bir o‘quv yili davomida saqlanadi va keyingi o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining Ishchi guruhi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

7-bob. Umumta’lim muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar va rag‘batlantirishning boshqa turlari

26. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

261. Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq belgilanadi.

Bunda mentor-o‘qituvchilar ro‘yxati tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan har o‘quv yili boshida tasdiqlanadi.

27. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) va o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiradigan o‘qituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno.

28. Umumta’lim muassasalari pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar har yili 1-iyulga qadar belgilanadi va o‘quv yilining yarim yillik yakunlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

29. Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.

30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga qarab tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq to‘lanadi.

31. Ishchi guruh o‘qituvchiga o‘quvchilarining xalqaro olimpiadalaridagi natijalari uchun ustama belgilashda, xalqaro olimpiadalarning sovrindorligini tasdiqlovchi diplom (sertifikat) asosida qaror qabul qiladi.

32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.

33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

Bunda kalendar yili davomida bir xodimga to‘lanadigan moddiy yordamlarning jami miqdori uning lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

331. Pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanadi.

8-bob. Yakunlovchi qoida

35. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini

BAHOLASH MEZONLARI

1. Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:

T/rKo‘rsatkichlarAmalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha ta’rifi, uning natijalari (samaradorligi), qo‘llanilayotgan shakli va uslubi, o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning soni, o‘quvchilar qamrovining o‘rtacha soniReyting bahosi
Maksimal ballFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballarKo‘rsatkichlar
1.O‘quvchilarning choraklik baholarining o‘rtacha qiymatiO‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi53Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 56 — 70 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 56 — 65 foizini tashkil etganda
4Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 71 — 85 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 66 — 80 foizini tashkil etganda
5Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 86 foizi va undan yuqorini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 81 foizdan yuqorini tashkil etganda
2.* “Fan olimpiadasi” va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida o‘quvchisining ishtirokiO‘quvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi3010Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda
20Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda
30Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda
3.** Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ishtirokiBoshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi3010Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda
20Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda
30Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda
4.O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligiO‘qituvchi ish faoliyati maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi (o‘qituvchining faoliyati baholash davriga nisbatan so‘nggi 3 yillikda ommalashtirilganligi)157Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda
10Ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilganda
12Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilganda
15Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganda
5.Pedagogik ish stajiTa’lim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab baholanadi104pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha
7pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha
10pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori
6.Sinf rahbarligiSinf rahbarligi yuklatilganligi50Sinf rahbarligi yuklatilmagan bo‘lsa
5Sinf rahbarligi yuklatilgan bo‘lsa
7.Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligiReja asosida100O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa
2Malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli sertifikatga ega bo‘lmasa
10O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa ***
8.Sinfdan tashqari ishlarO‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va san’atga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish155Kreativlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotoko‘rgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari kabi) tashkil etgan bo‘lsa
10O‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatuvchi va dunyoqarashini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikmalar beruvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlar (debat va hikoya qilish klublari, maktab radiosi/gazetasi/veb-sayti, axborot tahliliy mashg‘ulotlari) olib borsa
15O‘quvchilarni izlanishga undovchi ishlarni (iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, nutq san’ati tadbirlari) olib borsa
9.O‘qituvchining pedagoglik faoliyati bahosiO‘qituvchining pedagogik faoliyatiga o‘quvchilar (o‘qituvchi dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning kamida 60 foizi o‘rtasida) va baholashda qatnashgan Kuzatuv kengashi a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (ijobiy fikrlari) asosida aniqlanadi50So‘rovnomada qatnashganlar Kengash a’zolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foizdan past bo‘lsa
5So‘rovnomada qatnashganlar Kengash a’zolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lsa
50So‘rovnomada qatnashganlar o‘quvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foizdan past bo‘lsa
5So‘rovnomada qatnashganlar o‘quvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foiz va undan yuqori bo‘lsa
MAKSIMAL BALL:100

* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;

** faqat boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;

*** o‘qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida baholanadi, oliy ta’lim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi.

2. Umumta’lim muassasalaridagi kutubxona xodimlarining faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

T/rMezonlarMaksimal ballFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballarKo‘rsatkichlar
1.Kutubxona bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi10 ball0Nomutaxassislar
10O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lsa
2.Malaka oshirishdan o‘tganligi100O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa
2Malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli ma’lumotnoma yoki sertifikatga ega bo‘lmasa
10O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli ma’lumotnoma yoki sertifikatga ega bo‘lsa
3.Kutubxonachi lavozimidagi ish staji205Kutubxonachilikka oid ish staji 1 yildan 5 yilgacha
10Kutubxonachilikka oid ish staji 5 yildan 10 yilgacha
20Kutubxonachilikka oid ish staji 10 yil va undanyuqori
4.Maktabda ehtiyojga ko‘ra darsliklar bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi300Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizdan ortiq xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik 80 foizdan past bo‘lsa
10Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizgacha xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik 80 — 89 foizni tashkil etsa
20Buyurtmalarni shakllantirishda 5 foizgacha xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik 90 — 95 foizni tashkil etsa
30Buyurtmalar to‘g‘ri shakllantirilgan va darsliklar bilan ta’minlanganlik 96 — 100 foizni tashkil etsa
5.O‘quvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi3010Har oyda umumiy o‘quvchilarning 1 foizdan 30 foizgacha jalb qilingan bo‘lsa
20Har oyda umumiy o‘quvchilarning 30 foizdan 50 foizgacha jalb qi?ingan bo‘lsa
30Har oyda umumiy o‘quvchilarning 50 va undan yuqori foizi jalb qilingan bo‘lsa
MAKSIMAL BALL:100

3. Umumta’lim muassasalaridagi psixolog xodimlarning faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

T/rMezonlarMaksimal ballFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballarKo‘rsatkichlar
1.Psixologiya bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi105Oliy ma’lumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan o‘tgan mutaxassis) sohadagi ish staji 1 yildan 5 yilgacha bo‘lsa
10Oliy ma’lumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan o‘tgan mutaxassis) sohadagi ish staji 5 yil va undan yuqori bo‘lsa
2.Malaka oshirishdan o‘tganligi100O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa
10O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikat (hujjat)ga ega bo‘lsa
3.Sinfdan tashqari profilaktika, kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish hamda korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar4515Korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni to‘liq qamrab olish yuzasidan ish olib borilganligi hamda 7-sinfdan interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazish va shu asosda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlanligi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratilganligi
30Emotsional-hissiy zo‘riqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va o‘ziga ishonchi past bo‘lgan bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini o‘tkazganligi, shuningdek, kasbiy moyilligi bo‘yicha kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha professional ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilganligi
45Maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘g‘ri yo‘naltirish yuzasidan o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borganligi hamda ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo‘yicha statistik ma’lumotlar jamlanganligi, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni, ota-onalar va pedagoglar to‘liq qamrab olingani va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida deviant xulq atvor ko‘rinishlarining (zo‘ravonlik, o‘z joniga qasd qilish, erta tug‘ruq) mavjud emasligi
4.Ijodiy ishlar2010Konferensiya va seminarlarda ma’ruza yoki tezislar bilan ishtiroki (kamida 2-marta)
20Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar hamda qo‘llanmalar yoki ilmiy maqola va tezislari chop etilganligi (kamida 2-marta)
5.Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi50So‘rovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa
5So‘rovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa
50So‘rovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa
5So‘rovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa
50So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa
5So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa
MAKSIMAL BALL:100

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning _______________________ fani o‘qituvchisi ________________________________________ ning 20__-20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan BAHOLAR
T/rKo‘rsatkichlarMaksimal ballO‘qituvchi faoliyatining qisqacha tasnifiFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball
1.O‘quvchilarning choraklik baholarining o‘rtacha qiymati5
2.*“Fan olimpiadasi” va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida o‘quvchisining ishtiroki30
3.**Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ishtiroki
4.O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi15
5.Pedagogik ish staji10
6.Sinf rahbarligi yuklatilganligi5
7.***Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi10
8.Sinfdan tashqari ishlari15
9.Kuzatuv kengashi a’zolarining o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi5
O‘qituvchi dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi5
JAMI:100

* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;

** faqat boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;

*** o‘qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida baholanadi, oliy o‘quv yurtini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi.


Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh a’zolari: __________________ __________, _________________ _______ ____________________ _________, ___________________ _______, _____________

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning kutubxona xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan BAHOLAR
T/rKo‘rsatkichlarMaksimal ballFaoliyatning qisqacha tasnifiFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball
1.Kutubxona bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi10
2.Malaka oshirishdan o‘tganligi10
3.Kutubxonachi lavozimidagi ish staji20
4.Maktabda ehtiyojga ko‘ra darsliklar bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi30
5.O‘quvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi30
JAMI:100
Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh a’zolari: _____________________ ____________, _______________________ ___________, ________________________ _______, ________________________ ___________________

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2b-ILOVA

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning psixolog xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan BAHOLAR
T/rKo‘rsatkichlarMaksimal ballPsixolog faoliyatining qisqacha tasnifiFaoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball
1.Psixologiya bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi10
2.Malaka oshirishdan o‘tganligi10
3.Sinfdan tashqari profilaktika, korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar45
4.Ijodiy ishlar20
5.Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi5
5
5
JAMI:100
Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh a’zolari: __________________ __________, ____________________ _________, ___________________ _______, ____________________ __________

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish

SXEMASI

BosqichlarSubyektlarTadbirlarBajarish muddatlari
1-bosqichMaktabMaktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi.Doimo, har yangi o‘quv yili boshlangunga qadar
2-bosqichIshchi guruh1. Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini ?asdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Har yili 1-iyulga qadar
2. Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 3. Umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilaydi.Mukofotlash lozim bo‘lgan davrda murojaatga asosan
3-bosqichMaktab1. Ishchi guruhning qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi. 2. Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joydagi axborotlar stendi hamda maktabning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.Doimo
4-bosqichTuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiIshchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini to‘lab beradi.Doimo

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 2-bandining to‘rtinchi xatboshi va qarorga 4-ilova.

2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda) ilova 9-bandining “g” kichik bandi.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 78-bandi.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)

  • Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi” Uncategorized
  • 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi Uncategorized
  • ⚡️⚡️⚡️ Bayrogʻim – faxrim, gʻururim! Uncategorized
  • Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi raxbar tayinlandi Uncategorized
  • Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin? Uncategorized
  • Mustaqilligimizning 34-yilligi yuksak saviyada nishonlanadi Uncategorized
  • Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Uncategorized
  • O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanadi Uncategorized
Arxiv
  • Ноябрь 2025
  • Октябрь 2025
  • Сентябрь 2025
  • Август 2025
  • Июль 2025
Июнь 2026
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
« Ноя    

Copyright © 2026 Parkent tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi .

Powered by PressBook News WordPress theme