{"id":521,"date":"2025-10-19T12:05:32","date_gmt":"2025-10-19T12:05:32","guid":{"rendered":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/?p=521"},"modified":"2025-10-19T12:05:32","modified_gmt":"2025-10-19T12:05:32","slug":"parkent-tuman-maktabgacha-va-maktab-talimi-bolimi-boshligi-javlon-yusupovning-erta-turmush-va-erta-tug","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/2025\/10\/19\/parkent-tuman-maktabgacha-va-maktab-talimi-bolimi-boshligi-javlon-yusupovning-erta-turmush-va-erta-tug\/","title":{"rendered":"Parkent\u00a0tuman\u00a0Maktabgacha\u00a0va\u00a0maktab\u00a0ta\u2019limi\u00a0bo\u2018limi\u00a0boshlig\u2018i\u00a0Javlon\u00a0Yusupovning\u00a0erta\u00a0turmush\u00a0va\u00a0erta\u00a0tug\u2018ruq\u00a0holatlarini\u00a0oldini\u00a0olish\u00a0yuzasidan\u00a0aholiga\u00a0MUROJAATI"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/ptmmtb26.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/image-2.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-522\" srcset=\"https:\/\/ptmmtb26.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/image-2.png 1024w, https:\/\/ptmmtb26.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/image-2-300x200.png 300w, https:\/\/ptmmtb26.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/image-2-768x512.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Hurmatli&nbsp;tumanimiz&nbsp;aholisi,&nbsp;qadrli&nbsp;pedagoglar,&nbsp;aziz&nbsp;ota-onalar!<\/p>\n\n\n\n<p>Barchamizga ma\u02bclumki, erta nikoh va erta tug\u02bcruq jamiyat hayotining eng og\u02bcriqli muammolaridan biri hisoblanadi. Erta turmush qurish oila mustahkamligiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bcrsatib, bir qator yana boshqa muammolarni ham paydo qiladi. Shu bois, bugungi kunning eng o\u02bctkir muammosi bo\u02bclib qolayotgan erta turmush va erta tug\u02bcruqni oldini olishda quyidagilarga e\u02bctibor berish maqsadida murojaat qilmoqchiman!<\/p>\n\n\n\n<p>Eng avvalo, tumanimizdagi barcha maktablarning ma\u02bcmuriyati tomonidan o\u02bcquvchilarga reproduktiv salomatlik, jinsiy tarbiya, oila madaniyati bo\u02bcyicha to\u02bcg\u02bcri, yoshga mos va ilmiy asoslangan ma\u02bclumotlar berilishi kerak.&nbsp; Bunda, biologiya, gigiena va tarbiya darslarida sog\u02bclom turmush tarzi haqida qo\u02bcshimcha ma\u02bcruzalar o\u02bctkazish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, homiladorlik, jismoniy va ruhiy salomatlik, jinsiy tarbiya mavzularini yoshlarga tushunarli va ochiq yo\u02bcl bilan yetkazish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cSog\u02bclom qiz \u2013 sog\u02bclom jamiyat\u201d, \u201cErta nikohning oqibatlari\u201d mavzusida davra suhbatlari va treninglarni&nbsp; shifokorlar va psixologlar ishtirokida tashkil etish o\u02bcz samarasini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u02bcquvchilarga&nbsp;\u201cyo\u02bcq\u201d deyishni o\u02bcrganish, o\u02bcz tanasini hurmat qilish, o\u02bcz chegaralarini bilish, bosim va manipulyatsiyalarga qarshi turish kabi&nbsp;&nbsp; hayotiy ko\u02bcnikmalarni o\u02bcrgatish muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Erta nikoh va erta turmushni oldini olish uchun barcha umumta\u02bclim maktablarida ota-onalar bilan ishlashga alohida e\u02bctibor qaratish shart. Chunki, ko\u02bcplab erta tug\u02bcruq holatlari ota-ona bilan ishonchli suhbat yo\u02bcqligidan kelib chiqadi. Ota-onalar farzandlariga&nbsp; bu mavzularda to\u02bcg\u02bcri, sodda qilib tushuntirib berishi, savollaridan qochmasligi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ota-onalar bilan hamkorlikda ularga oilada mehr va hurmat muhitini yaratish orqali o\u02bcsmirning emotsional barqarorligini mustahkamlash zaruratini tushuntirish talab etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birgalikda ota-onalar uchun psixologik treninglar va maslahatlar o\u02bctkazishda farzandiga \u201coila bu mas\u02bculiyat\u201d degan qadriyatni erta yoshdan singdirishi ahamiyatini hayotiy misollar yordamida ochib berish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Erta nikoh va erta turmushni oldini olish maqsadida maktablarga psixolog va maslahatchilarni jalb qilish talab etiladi. Negaki, ko\u02bcp hollarda o\u02bcsmir qizlar erta romantik munosabatlarga o\u02bczini qadrsiz his qilganidan, e\u02bctibor izlaganidan kirishadi. Shuning uchun o\u02bcquvchilarda o\u02bczini qadrlashni oshirish bo\u02bcyicha mashg\u02bculotlar o\u02bctkazish kerak bo\u02bcladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u02bcsmirlar&nbsp;hissiyotlarini&nbsp;to\u02bcg\u02bcri ifoda etish, hissiy intellektni rivojlantirish, stressni boshqarish, o\u02bcz fikrini ifoda etish ko\u02bcnikmalarini o\u02bcrganishlari zarur. Bu ularni hissiy&nbsp; impul\u044csiv&nbsp;xatolardan saqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng asosiysi, qiz va o\u02bcg\u02bcil bolalar o\u02bcrtasida sog\u02bclom muloqot madaniyatini o\u02bcrgatishga barcha maktab pedagoglari mas\u02bculiyatni chuqur anglashi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir muhim jihat! \u0410yni paytda yoshlar internetdan foydalanayotganligini hisobga olgan holda ularga axborotni tanlash madaniyatini o\u02bcrgatish juda muhim.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktablarda tibbiy xodimlar ishtirokida sog\u02bclom turmush tarzi bo\u02bcyicha ma\u02bcruzalar o\u02bctkazishni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo\u02bclib qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, maktablarda mas\u02bcul xodimlar faol bo\u02bclib, o\u02bctkazilayotgan tibbiy ko\u02bcriklarning sifatini oshirib borish va muammo paydo bo\u02bclganda tibbiy yordam olishni har tomonlama nazorat qilish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Qolaversa, maktab ma\u02bcmuriyati erta nikoh va erta tug\u02bcruq holatlarining salbiy jihatlarini aks ettiruvchi video roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritishni muntazam yo\u02bclga qo\u02bcyishi kutilgan natijani berishi shubhasiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli tumandoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Har birimiz farzandlarimizning baxtu saodatli bo\u02bclishini istaymiz. Mana shu orzu-istaklarimizga erta nikoh, erta tug\u02bcruq muammosi eng katta to\u02bcsiq hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keling, azizlar, bu o\u02bcta jiddiy masalaga mas\u02bculiyat bilan yondashaylik. Toki, bu illat jondan aziz farzandlarimiz hayotiga, baxtiga soya solmasin!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli&nbsp;tumanimiz&nbsp;aholisi,&nbsp;qadrli&nbsp;pedagoglar,&nbsp;aziz&nbsp;ota-onalar! Barchamizga ma\u02bclumki, erta nikoh va erta tug\u02bcruq jamiyat hayotining eng og\u02bcriqli muammolaridan biri hisoblanadi. Erta turmush qurish oila mustahkamligiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bcrsatib, bir qator yana boshqa muammolarni ham paydo qiladi. Shu bois, bugungi kunning eng o\u02bctkir muammosi bo\u02bclib qolayotgan erta turmush va erta tug\u02bcruqni oldini olishda quyidagilarga e\u02bctibor berish maqsadida murojaat qilmoqchiman! Eng avvalo,&#8230;<\/p>\n<p class=\"more-link-wrap\"><a href=\"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/2025\/10\/19\/parkent-tuman-maktabgacha-va-maktab-talimi-bolimi-boshligi-javlon-yusupovning-erta-turmush-va-erta-tug\/\" class=\"more-link\">Read More<span class=\"screen-reader-text\"> &ldquo;Parkent\u00a0tuman\u00a0Maktabgacha\u00a0va\u00a0maktab\u00a0ta\u2019limi\u00a0bo\u2018limi\u00a0boshlig\u2018i\u00a0Javlon\u00a0Yusupovning\u00a0erta\u00a0turmush\u00a0va\u00a0erta\u00a0tug\u2018ruq\u00a0holatlarini\u00a0oldini\u00a0olish\u00a0yuzasidan\u00a0aholiga\u00a0MUROJAATI&rdquo;<\/span> &raquo;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-521","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-uncategorized"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/521","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=521"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/521\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":523,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/521\/revisions\/523"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=521"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=521"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=521"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}