{"id":36,"date":"2025-07-14T17:11:22","date_gmt":"2025-07-14T17:11:22","guid":{"rendered":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/?p=36"},"modified":"2025-07-21T11:01:18","modified_gmt":"2025-07-21T11:01:18","slug":"shohjahon-abdusattorov-amerikada-suniy-intellektdan-adolatli-foydalanish-konsepsiyasi-mavjud-yoxud-si-va-kochirmakashlik-xususida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/2025\/07\/14\/shohjahon-abdusattorov-amerikada-suniy-intellektdan-adolatli-foydalanish-konsepsiyasi-mavjud-yoxud-si-va-kochirmakashlik-xususida\/","title":{"rendered":"Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun\u2019iy intellektdan \u00abadolatli foydalanish\u00bb konsepsiyasi mavjud&#8230; yoxud SI va ko\u2018chirmakashlik xususida"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00abBo\u2018ladigan bola boshidan ma\u2019lum\u00bb, deyishadi. Samarqand viloyatida tug\u2018ilgan Shohjahon Abdusattorov intellektual shou \u00abEvrika+\u00bb ko\u2018rsatuvida 1-o\u2018rinni qo\u2018lga kiritganida, \u00abZukko Yurist\u00bb intellektual musobaqasiga asos solganida 20 yoshli talaba edi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Hech qancha o\u2018tmay Toshkent davlat yuridik universitetida o\u2018tkazilgan yana bir \u00abYil talabasi \u2013 2022\u00bb tanlovida \u00abEng faol targ\u2018ibotchi talaba\u00bb yo\u2018nalishida g\u2018olib bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu hali hammasi emas. ZukkoYurist.com AQSh va O\u2018zbekiston qonunchiligini taqqoslovchi chatbot, blog maqolalari, huquqiy tahliliy kontent va intellektual testlar orqali foydalanuvchilarga xizmat qiluvchi yirik raqamli platforma asoschisi Shohjahon AQShning nufuzli oliygohlaridan biri \u2014 Pennsylvania State Universityga 70% grant asosida magistrlik (LL.M.) dasturiga qabul qilindi. Ayni paytda qahramonimiz yosh (24 yoshda) bo\u2018lishiga qaramay intellektual mulk huquqi, mualliflik huquqi va sun\u2019iy intellekt sohalarining huquqiy tartibga solinishi bo\u2018yicha chuqur izlanishlar olib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning hayotdagi shiori shunday: Bilim orqali xizmat qil, tafakkur orqali yetakla, huquq orqali adolatga boshla. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 \u00abZukko Yurist\u00bb g\u2018oyasi qanday tug\u2018ildi? ZukkoYurist.com platformasidagi chatbot va tahliliy kontentni ishlab chiqishda qanday jamoa yoki texnologiyalar yordam berdi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 &nbsp;Talabaligimda o\u2018zimga tez-tez bir savolni berardim: \u00abMukammal yurist qanday bo\u2018lishi kerak?\u00bb<\/p>\n\n\n\n<p>Va kuzatuvlar asnosida javobni topdim: chinakam yurist \u2013 bu qonunlarni chuqur tushunadigan, mantiqiy fikrlay oladigan, kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirgan shaxs bo\u2018lishi kerak. Aynan shu fikrlar meni ilhomlantirdi va 2022-yilda \u00abZukko Yurist\u00bb loyihasiga asos solindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Loyihani ilk bor Talabalar festivali doirasida bir martalik tanlov shaklida o\u2018tkazdik. Tanlov yoshlar orasida katta qiziqish va shov-shuv uyg\u2018otdi. Chunki universitet tarixida hali bu kabi innovatsion va integratsiyalashgan yondashuvdagi loyiha bo\u2018lmagan edi. Talabalarning so\u2018rovi bilan \u00abZukko Yurist\u00bb loyihasini turnir shaklida muntazam o\u2018tkazishni yo\u2018lga qo\u2018ydik. 1-mavsum Toshkent davlat yuridik universitetida muvaffaqiyatli o\u2018tgach, TDYu qoshidagi akademik litsey va Temurbeklar maktabi rahbariyati tanlovni o\u2018z muassasalarida ham tashkil etish istagini bildirishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik&nbsp; loyihani barcha yuridik ta\u2019lim muassasalarida yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha reja ishlab chiqdik. Hozirda Amerikada &nbsp;o\u2018qiyotganim sabab loyihani yakuniga yetkazishga o\u2018zim qatnasha olmadim. Ammo loyiha hozir ham Toshkent davlat yuridik universitetida o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo loyihaning mantiqiy davomi sifatida shu yil ZukkoYurist.com raqamli platformani ishga tushirdim. Mazkur sayt nafaqat blog maqolalari, balki sun\u2019iy intellekt asosidagi chatbot, tahliliy kontent va interaktiv huquqiy vositalar orqali foydalanuvchilarga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Chatbot funksiyasini ishlab chiqishda men OpenAI API, &nbsp;matnni qayta ishlovchi til modellarini integratsiya qilishga e\u2019tibor qaratdim. Dasturlashdan xabardor bo\u2018lganim uchun chatbot logikasini, foydalanuvchi interfeysini va asosiy baskend funksiyalarini mustaqil tarzda ishlab chiqdim, qonunchilikka oid maqolalar, taqqoslovchi tahlillar, test savollari va javob variantlarini ham yozdim. Natijada, ZukkoYurist.com bugungi kunda yosh yuristlar, talabalar va huquqiy sohaga qiziqqan foydalanuvchilar uchun innovatsion, o\u2018rganishga qulay va zamonaviy platformaga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 Texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan paytda ilmiy ishingiz juda katta ahamiyatga ega bo\u2018lishi shubhasiz. Intellektual mulk huquqining asosiy vazifasi huquqni himoya qilish, ijodiy va ilmiy faoliyatni rag\u2018batlantirish. O\u2018zbekistonda mualliflik huquqi amalda qanchalik samarali ishlamoqda?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 O\u2018zbekistonda so\u2018nggi yillarda bu borada normativ-huquqiy baza shakllanmoqda, \u00abIntellektual mulk muassasasi\u00bb faoliyat olib bormoqda, qonunchilikka o\u2018zgartish va takomillashtirishlar kiritilmoqda. Bu juda ijobiy ko\u2018rsatkich. Biroq amaliy samaradorlik nuqtai nazaridan hali ko\u2018plab muammolar mavjud: ijodkorlar va ilmiy tadqiqotchilar o\u2018z huquqlarini qanday himoya qilishni to\u2018liq bilmaydi, sudlarda mualliflik huquqiga oid ishlar kam, huquqbuzarlarga nisbatan javobgarlik holatlari esa sust qo\u2018llaniladi. Eng muhim masala \u2013 huquqiy madaniyat va amaliy tushunchaning yetishmasligi. Huquq mavjud, biroq uni tan olish va qo\u2018llash jarayoni kuchli emas. Mualliflar o\u2018z asarlarini ro\u2018yxatdan o\u2018tkazishdan tortinadi, kontraktlar tuzilmaydi, plagiatga jiddiy qaralmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu nuqtai nazardan qaraganda, O\u2018zbekistonda mualliflik huquqi sohasida asosiy yutuq \u2013 qonun mavjudligi, asosiy muammo \u2013 uning hayotga tatbiq etilish darajasidir. Ya\u2019ni bizda huquq bor, lekin uni his qiladigan va himoya qiladigan tizimli muhit hali to\u2018liq shakllanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>&nbsp;\u2013 &nbsp;Mualliflik huquqi masalasida AQSh va O\u2018zbekiston qonunchiligi o\u2018rtasida qanday farqlar bor va u qanday hal etilishi mumkin?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 &nbsp;AQSh qonunchiligida mualliflik huquqi asar yaratilgan zahoti avtomatik kuchga kiradi, lekin u huquqiy da\u2019volarda ishonchli himoya olish uchun U.S. Copyright Officeda rasmiy ro\u2018yxatga olish talab qilinadi. Ro\u2018yxatdan o\u2018tgan asar sudda kuchli dalil sifatida tan olinadi va qonuniy kompensatsiyalarni olish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonda esa ro\u2018yxatdan o\u2018tish majburiy emas va huquq yaratilgan paytdan boshlab mavjud, biroq sudda mualliflikni isbotlash jarayoni murakkab va amaliy mexanizmlar zaif. Plagiat holatlarida ko\u2018p hollarda da\u2019vogar o\u2018zining muallif ekanini aniqlashda qiynaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi muhim farq \u2013 sun\u2019iy intellekt bilan bog\u2018liq huquqiy aniqlik. AQShda hozirda SI tomonidan yaratilgan asarlar mualliflik huquqi bilan himoyalanmaydi (chunki u \u00abinson\u00bb tomonidan yaratilmagan), bu borada sud qarorlari mavjud. O\u2018zbekistonda esa bu mavzu hali qonunchilik darajasida aniqlashtirilmagan \u2013 bu yangi xavf va imkoniyatlarni keltirib chiqarmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu farqlarni qanday hal qilish mumkin? Birinchidan, mualliflik huquqini ro\u2018yxatga olish tizimini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali isbotlash imkoniyatlarini kuchaytirish kerak. Ikkinchidan, SI va raqamli asarlar bilan bog\u2018liq huquqiy asoslarni aniqlashtirish zarur. Va albatta, huquqshunoslar, ijodkorlar, tadqiqotchilar o\u2018rtasida huquqiy madaniyat va hamkorlik muhitini yaratish bu jarayonda hal qiluvchi rol o\u2018ynaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 AQShdagi \u00abadolatli foydalanish\u00bb (fair use) konsepsiyasi va uning O\u2018zbekistondagi analoglari qay darajada turfa? Uni milliy huquq tizimiga moslashtirish mumkinmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 AQShdagi \u00abfair use\u00bb konsepsiyasi mualliflik huquqining eng muhim va murakkab institutlaridan biridir. Bu norma muallifning huquqiy manfaatlari va jamiyatning axborot, tanqid, ta\u2019lim yoki ilmiy izlanishdan foydalanish erkinligi o\u2018rtasida muvozanat yaratishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abFair use\u00bb to\u2018rt asosiy mezon asosida baholanadi: foydalanish maqsadi va xarakteri (ilmiy, notijorat, tanqidiy, parodiya va h.k.), asarning tabiati (faktlar asosida yoki badiiy asarmi), foydalanilgan miqdor va hajm, asl asar bozori yoki qiymatiga ta\u2019siri.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tizim holatga asoslangan yondashuv (case-by-case analysis) bo\u2018lib, sudlar tomonidan dinamik tarzda talqin qilinadi. Shu bois u moslashuvchan va zamonaviy sharoitga mos yondashuv deb qaraladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonda esa \u00abadolatli foydalanish\u00bbning aniq nomdagi instituti mavjud emas, ammo mualliflik huquqi to\u2018g\u2018risidagi qonunda \u00aberkin foydalanish hollari\u00bb degan tushuncha bor. Masalan, iqtibos keltirish, o\u2018quv jarayonlarida cheklangan darajada foydalanish, shaxsiy maqsadda ko\u2018chirish kabi hollarga ruxsat beriladi. Biroq bu normalar ko\u2018proq qat\u2019iy chegaralangan va moslashuvchanlikdan yiroq, shuningdek, sudlar amaliyotida keng tatbiq etilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uni milliy huquq tizimiga moslashtirish mumkinmi? Ha, mumkin. Ammo bu faqat \u00abqonunga yozish\u00bb bilan emas, balki: huquqshunoslar va ijodkorlar o\u2018rtasida tushunchaviy muvofiqlik yaratish, sudlar uchun talqin yo\u2018riqnomalar ishlab chiqish, raqamli platformalar va ta\u2019lim tizimida bu normalarni testdan o\u2018tkazish orqali bosqichma-bosqich joriy qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 Hamyurtlarimiz orasida ijtimoiy tarmoqlarga yozadigan postini ham SIga yozdirmoqda, hattoki izohlargacha, ya\u2019ni so\u2018zma-so\u2018z ko\u2018chirmoqda.&nbsp;<\/strong><strong>Bu to\u2018g\u2018rimi?&nbsp;<\/strong><strong>SI<\/strong><strong>&nbsp;va plagiat tushunchasi&nbsp;<\/strong><strong>\u2013<\/strong><strong>&nbsp;chegara qayerda?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Bu savol bugungi kunda juda dolzarb. Chunki sun\u2019iy intellekt vositalari (masalan, ChatGPT, Deepseek, Copilot) nafaqat matn yozib beradi, balki ularni uslub, ohang va faktlar bilan to\u2018ldirib beradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki: mashina yozgan matn \u2013 bu sizning shaxsiy fikringiz emas, balki avtomatik generatsiyalangan kontent.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar siz SI yordamidan tahrir, taklif, ilhom olish maqsadida foydalansangiz \u2013 bu tabiiy, hatto professional yondashuv hisoblanadi. Ammo sun\u2019iy intellektdan olingan matnni so\u2018zma-so\u2018z o\u2018z postingiz sifatida, izohsiz, tahrirsiz e\u2019lon qilish \u2013 bu axloqiy nuqtai nazardan noto\u2018g\u2018ri va ba\u2019zi hollarda plagiat sifatida ham baholanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>SI va plagiat o\u2018rtasidagi chegaraga kelsak, plagiat bu boshqa manbadan ruxsatsiz yoki ko\u2018rsatmasdan matn, g\u2018oya yoki tuzilmani egallab olishdir. SI esa sizga yangi matn yaratadi, ammo bu matn siz yaratgan ijodiy mehnat sifatida qabul qilinmaydi. SI yozgan matnni \u00abmen yozdim\u00bb deyish \u2013 bu plagiatga yaqinlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nima qilish kerak? SI yordamidan foydalansangiz, tahrir qilib, shaxsiy ohang qo\u2018shing. Yozgan matnni aynan sizga xos fikr va tajriba bilan boyiting. Ilmiy yoki professional ishda SIdan foydalanilganini ochiq ko\u2018rsating (disklaimer bilan).<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013&nbsp;<strong>Sun\u2019iy intellekt faoliyatini tartibga soluvchi global huquqiy standartlar yaratish mumkin deb hisoblaysizmi? Agar shunday bo\u2018lsa, ular qanday shaklda bo\u2018lishi lozim?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Albatta, sun\u2019iy intellekt faoliyatini global darajada tartibga solish \u2013 bu endi nazariya emas, amaliy zaruratga aylangan. Menimcha, SIning huquqiy chegaralarini belgilovchi xalqaro standartlar yaratilmasa, texnologik taraqqiyot inson huquqlari, axborot xavfsizligi va mualliflik huquqi sohalarida jiddiy xavf tug\u2018dirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Men bu yo\u2018nalishda uch bosqichli yondashuv tarafdoriman: Etik kodeks \u2013 SIni yaratishda umumiy axloqiy mezonlar (masalan: diskriminatsiya qilmaslik, shaxsiy ma\u2019lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabat), milliy qonunchilikka moslashtiriladigan model qonunlar \u2013 har bir davlat o\u2018z tizimiga moslashtira oladigan xalqaro hujjatlar. Global monitoring mexanizmi \u2013 sun\u2019iy intellektdan noto\u2018g\u2018ri foydalanilayotgan holatlarni aniqlab, tavsiya va choralar beruvchi xalqaro platforma.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>&nbsp;\u2013 Yaqinda xorijda bir shaxs SI yordamida sudda yutib chiqqani aytildi. Agar kelajakda SI yuridik maslahat bersa yoki hatto sud qarorlarini tahlil qilsa&nbsp; \u2013 bu inson huquqlari va sud mustaqilligiga tahdid emasmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Bu savol orqasida texnologik taraqqiyot va huquqiy qadriyatlar o\u2018rtasidagi chuqur muvozanat muammosi yotadi. Bir tomondan, sun\u2019iy intellektning yuridik sohadagi imkoniyatlari \u2013 masalan, qonunlarni tez tahlil qilish, hujjatlar bilan ishlash, statistikani baholash \u2013 bu jarayonni tezlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va odil sudlovga xizmat qilishi mumkin. Ammo ikkinchi tomondan bu imkoniyatlar noto\u2018g\u2018ri talqin qilinsa yoki tartibga solinmasa, inson huquqlari, shaxsiy daxlsizlik va sud hokimiyatining mustaqilligiga bevosita xavf tug\u2018dirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaxsan men sun\u2019iy intellektning sud-huquq tizimida yordamchi vosita sifatida qo\u2018llanilishini qo\u2018llab-quvvatlayman, ammo u hech qachon qaror qabul qiluvchi sub\u2019yekt bo\u2018lmasligi kerak. Sababi, SI algoritmlarida insoniy hissiyot, konstitutsiyaviy qadriyat, adolat tushunchasi yo\u2018q. U faqat ma\u2019lumot asosida natija chiqaradi, lekin \u00abadolatli va insoniy\u00bb qaror bera olmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>SI tomonidan berilgan huquqiy maslahatlar, ayniqsa oddiy fuqarolar uchun, tushunarli va tezkor xizmat bo\u2018lishi mumkin, lekin ularning asosida qabul qilinadigan har qanday huquqiy qaror yuridik javobgarlikka ega, inson tomonidan tasdiqlangan bo\u2018lishi lozim. Sud bu faqat qonun emas, bu insoniy tushuncha, kontekst va ijtimoiy adolat platformasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun, kelajakda SIni sud amaliyotida ishlatish masalasi bo\u2018yicha bizga quyidagilar zarur, ya\u2019ni aniq huquqiy chegaralar: SI maslahat bera oladi, lekin qaror chiqarmaydi, inson ishtirokini ta\u2019minlovchi majburiy nazorat tizimlari va, albatta, bu sohani tartibga soluvchi xalqaro etik kodeks va yurisdiksiyaviy protokollar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 Bugungacha SI faoliyatini tartibga soluvchi yagona xalqaro huquqiy normalar mavjud emas. Sizningcha, qanday yondashuvlar orqali birlashgan global standart yaratish mumkin?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Ha, ayni paytda SIni tartibga soluvchi yagona xalqaro normativ hujjat mavjud emas. Bu esa sun\u2019iy intellekt bilan bog\u2018liq asosiy xavf, ya\u2019ni tartibsiz rivojlanish va bir-biridan farq qiluvchi milliy yondashuvlar o\u2018rtasidagi nomuvofiqlikni yuzaga keltirmoqda. Menimcha, bu bo\u2018shliqni to\u2018ldirish uchun global huquqiy standart zarur, lekin u moslashuvchan, texnologik neytral va ijtimoiy mas\u2019uliyatli bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalambor, BMT, YuNESKO yoki OYeSD kabi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy axloqiy prinsiplar (masalan, adolat, shaffoflik, inson huquqlari, hisobdorlik) asosida xalqaro platforma yaratilishi kerak. Bu har bir davlatga texnologik qarashlaridan qat\u2019i nazar, umumiy qadriyatlar asosida yo\u2018l-yo\u2018riq beradi. Boshlanishiga qat\u2019iy konvensiyalar emas, balki tavsiya xarakteridagi yo\u2018riqnomalar, texnik standartar ishlab chiqilishi kerak. Bularni har bir davlat o\u2018z qonunchiligiga moslashtiradi. Bu \u00abyumshoq huquq\u00bb vositalari orqali birinchi bosqichda keng xalqaro konsensus shakllanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>SIning sog\u2018liqni saqlash, sud, ta\u2019lim, xavfsizlik kabi sohalardagi qo\u2018llanishiga qarab turli sektorlar uchun alohida standartlar ishlab chiqilishi lozim. Har bir sohada xavf darajasi, mas\u2019uliyat va foyda nisbati boshqacha.<\/p>\n\n\n\n<p>Texnologiya tez o\u2018zgarayotganligi sababli, har bir global hujjatni doimiy yangilanadigan va kuzatuv asosida ishlaydigan tizimga aylantirish kerak. SI masalasida \u00abbir martalik qonun\u00bb &nbsp;emas, evolyusion huquqiy yondashuv zarur.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u2013 Qimmatli fikrlaringiz uchun tashakkur.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Barno Sultonova suhbatlashdi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abBo\u2018ladigan bola boshidan ma\u2019lum\u00bb, deyishadi. Samarqand viloyatida tug\u2018ilgan Shohjahon Abdusattorov intellektual shou \u00abEvrika+\u00bb ko\u2018rsatuvida 1-o\u2018rinni qo\u2018lga kiritganida, \u00abZukko Yurist\u00bb intellektual musobaqasiga asos solganida 20 yoshli talaba edi.&nbsp; Hech qancha o\u2018tmay Toshkent davlat yuridik universitetida o\u2018tkazilgan yana bir \u00abYil talabasi \u2013 2022\u00bb tanlovida \u00abEng faol targ\u2018ibotchi talaba\u00bb yo\u2018nalishida g\u2018olib bo\u2018ldi. Bu hali hammasi emas. ZukkoYurist.com AQSh&#8230;<\/p>\n<p class=\"more-link-wrap\"><a href=\"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/2025\/07\/14\/shohjahon-abdusattorov-amerikada-suniy-intellektdan-adolatli-foydalanish-konsepsiyasi-mavjud-yoxud-si-va-kochirmakashlik-xususida\/\" class=\"more-link\">Read More<span class=\"screen-reader-text\"> &ldquo;Shohjahon Abdusattorov: Amerikada sun\u2019iy intellektdan \u00abadolatli foydalanish\u00bb konsepsiyasi mavjud&#8230; yoxud SI va ko\u2018chirmakashlik xususida&rdquo;<\/span> &raquo;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":160,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-36","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36\/revisions\/37"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/160"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/ptmmtb26.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}